Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TIBBIY TA’LIMDA RAQAMLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYALARINING BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING KLINIK FIKRLASHIGA TA’SIRI

Simulyatsiya texnologiyalari, klinik fikrlash, raqamli tibbiyot, VR/AR, tibbiy pedagogika, amaliy tayyorgarlik

Mualliflar

  • Ilhomboy HOSHIMOV, Andijon davlat tibbiyot instituti Umumiy jarrohlik va transplantologiya kafedrasi assistenti, Uzbekistan

Mazkur maqolada tibbiy ta’lim jarayonida raqamlashtirilgan simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanishning bo‘lajak shifokorlarning klinik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli ilmiy asosda tahlil qilinadi. Simulyatsiya texnologiyalarining didaktik afzalliklari, ularning klinik fikrlash bosqichlariga ta’siri hamda amaliy mashg‘ulotlarda samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, diagnostik testlar, qiyosiy tahlil va eksperimental metodlardan foydalanildi. Natijalar raqamli simulyatsiya vositalari talabalarda klinik tahlil yuritish, differensial tashxis qo‘yish va qaror qabul qilish kompetensiyalarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.