Ijtimoiy-gumanitar fanlar

MADANIYATLARARO LEKSIK TAFOVUTLARNING OG‘ZAKI TARJIMADA BERILISHI

Madaniyatlararo kommunikatsiya, leksik tafovut, og‘zaki tarjima, madaniy moslashtirish, tarjima strategiyalari, madaniy kontekst.

Mualliflar

  • Oybek JUMABOYEV Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tayanch doktoronti, Uzbekistan

Ushbu maqolada madaniyatlararo leksik tafovutlarning og‘zaki tarjima jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Turli madaniyatlarning til
tizimidagi o‘ziga xos leksik birliklar va ular ifodalagan tushunchalar ko‘pincha bevosita mos tarjimaga ega bo‘lmaydi, bu esa
tarjimonlardan chuqur madaniy bilim va kontekstual moslashtirish ko‘nikmalarini talab etadi. Maqolada madaniy xususiyatlarga
ega so‘z va iboralarni og‘zaki tarjima qilishda uchraydigan qiyinchiliklar, ularga samarali yondashuv usullari va madaniyatlararo
kommunikatsiyada tarjimonning roli yoritib beriladi. Shuningdek, an’anaviy va zamonaviy tarjima strategiyalari, real misollar
asosida tahlil qilinadi va samarali og‘zaki tarjima uchun tavsiyalar beriladi.