Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“ANNA KARENINA” ROMANI TARJIMASIDA LINGVOMADANIY BIRLIKLARNING XOSLANISHI

Frazema, interpretatsiya, xoslanish, semiotik kod, kognitiv baho, lisoniy surat, yozuvchi idiostili.

Mualliflar

Ushbu maqolada L.N.Tolstoyning “Anna Karenina” romani konseptual tizimida lingvomadaniy birliklarlarning o‘rni va vazifasiga
to‘xtalinadi. Frazeologik birliklar olamning lisoniy manzarasi sifatida baholanishi, ularda xalqning milliy dunyoqarashi aks etishi,
badiiy asarning obrazli tizimi va yozuvchining idiostilini yaratishda hayotiy manba ekanligi, tarjimada ularning maqsad tiliga
xoslanishi, interpretatsiya jarayonida o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘lishi kabi holatlar haqida fikr bildiriladi.