Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BADIIY ADABIYOTDA EKOLOGIK VA IJTIMOIY INQIROZLARNING AKS ETTIRILISHI: INSON VA TABIIY MUHIT O‘RTASIDAGI MUNOSABATLARNING BADIIY TALQINI

Ekologik va ijtimoiy inqiroz, inson va tabiat munosabatlari, ekologik ong, eko-adabiyot, eko-tanqid, ma’naviy va axloqiy inqiroz, tabiiy muhit, ramziy va falsafiy talqin, badiiy obraz, ijtimoiy mas’uliyat, zamonaviy adabiyot.

Mualliflar

  • Xulkar ISHQOBILOVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi, Uzbekistan

Mazkur maqolada badiiy adabiyotda ekologik va ijtimoiy inqirozlarning qanday aks ettirilishi masalasi atroflicha tahlil qilinadi.
Inson faoliyati natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatning izdan chiqishi
badiiy asarlarda qanday obrazlar, ramziy tasvirlar va syujet chiziqlari orqali ifodalanayotgani o‘rganiladi. Tadqiqot davomida
ekologik inqirozning ijtimoiy muammolar bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilib, insonning tabiatga munosabati uning ma’naviy
dunyosi va axloqiy qarashlarini belgilovchi muhim omil sifatida talqin qilinadi. Jahon va o‘zbek adabiyotidagi ekologik mavzudagi
asarlar misolida inson va tabiiy muhit o‘rtasidagi munosabatlarning turli badiiy modellari tahlil qilinadi.