Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ VA O‘ZBEK DIPLOMATIK DISKURSIDA LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR VA TERMINOLOGIK TIZIMNING TALQINI

Diplomatik diskurs, leksik-semantika, terminologik tizim, semantik maydon, sinonimiya, antonimiya, diplomatik tarjima, lingvopragmatika.

Mualliflar

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek diplomatik diskursining leksik-semantik xususiyatlari hamda undagi terminologik tizimning
shakllanish tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Diplomatik nutq o‘ziga xos institutsional janr bo‘lib, undagi til birliklari
siyosiy neytrallik, rasmiy muloqot madaniyati, murosaga chaqiruv va kommunikativ xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ingliz
tilidagi agreement, accord, treaty, memorandum kabi terminlarning huquqiy kuch darajasi va ularning o‘zbek tilidagi kelishuv,
bitim, shartnoma, memorandum kabi muqobillari orasidagi semantik tafovutlar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, o‘zbek
diplomatik tilida yumshatuvchi leksik vositalar, e’tibor qaratishning bilvosita usullari va madaniy jihatdan motivatsiyalashgan
diplomatik etikettning lingvopragmatik ta’siri ochib beriladi.