Ijtimoiy-gumanitar fanlar

EFL TALABALARGA GAPIRISH KO‘NIKMASINI O‘RGATISHDA SUGAR-COATED (MULOYIM YONDASHUV)YONDASHUVINING O‘RNI

Gapirish ko‘nikmasi, sugar-coated yondashuv, affektiv strategiyalar, bezovtalik, ishonch, psixologik to‘siqlar.

Mualliflar

  • Nigora UMAROVA O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti , Uzbekistan

Mazkur tadqiqot ishida gapirish ko‘nikmasi, til o‘rganishda affektiv omillar, affektiv strategiyalar hamda gapirishni o‘rgatishda qo‘llab-quvvatlovchi usul siafatida sugar-coated approach (muloyim yondashuv)ga oid ilmiy adabiyotlar tahlil qilingan. Gapirish xorijiy til o‘rganuvchilar duch keladigan eng murakkab ko‘nikmalardan biri bo‘lganligi sababli, o‘qituvchi talabalarning til o‘rganishdagi bezovtaligi, xato qilishdan qo‘rquvi va o‘ziga ishonchsizligini kamaytirishga qaratilgan mos yondashuvni qo‘llashi zarur. Sugar-coated yondashuvning bilvosita xatolarni tuzatish va ijobiy fikr-mulohazaga urg‘u berishi insonparvar (gumanistik) ta’lim tamoyillarining bir jihatini aks ettiradi hamda gapirishda ravonlik va aniqlikni bir vaqtda rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotlar affektiv strategiyalar va qo‘llab-quvvatlovchi yondashuvlardan foydalanish EFL talabalarining gapirishga bo‘lgan ishonchini, darsdagi ishtirokini va umumiy nutqiy kompetensiyasini oshirishini, shuningdek, EFL sinflarida gapirishni o‘rganish bilan bog‘liq affektiv to‘siqlarni kamaytirib, muvaffaqiyatli og‘zaki muloqotni rivojlantirishini ko‘rsatadi.