Ijtimoiy-gumanitar fanlar

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA OTMLARIDA INGLIZ TILINI OʻQITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Ingliz tili, zamonaviy metodlar, raqamli texnologiyalar, motivatsiya, sunʼiy intellekt (AI), OTM, til oʻrgatish vositalari, metodika

Mualliflar

Ushbu maqola Oliy taʼlim muassasalarida ingliz tilini oʻqitish metodikasini raqamli texnologiyalar vositasida takomillashtirishni
pedagogik muammo sifatida tahlil qiladi. Anʼanaviy oʻqitish usullarining zamonaviy talablarga javob bermasligi, talabalarda til
koʻnikmalari bilan birga XXI asr kompetensiyalarini shakllantirish zarurati tadqiqotning asosiy muammosidir. Maqolada Sunʼiy
intellekt (AI) asosidagi vositalar, oʻquv platformalari va multimedia resurslarining interfaol oʻrganishni taʼminlashdagi roli
yoritilgan. Shuningdek, oʻqituvchining yangi roli va ularning raqamli kompetensiyalarini oshirish masalasiga eʼtibor qaratilgan.
Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish oliy taʼlim sifatini oshirish va kelajak avlodlarni global dunyoda
raqobatbardosh qilib shakllantirish uchun muhim strategik yoʻnalish ekanligi taʼkidlanadi