Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TALABALARGA AVIATSIYAGA OID MATNLARNI INGLIZ TILIDA O‘QITISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR

aviatsiya ingliz tili, professional diskurs, terminologiya, ESP, texnik matn, lingvistik muammo, o‘qitish metodikasi.

Mualliflar

Mazkur maqolada talabalarga aviatsiyaga oid matnlarni ingliz tilida o‘qitish jarayonida uchraydigan lingvistik, metodik va
psixologik muammolar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Aviatsiya ingliz tili yuqori darajada terminlashgan, kontekstga qat’iy
bog‘langan hamda kommunikativ aniqlikni talab qiluvchi professional diskurs turi sifatida tavsiflanadi. Matnlarni o‘zlashtirish
jarayonida terminologik zichlik, qisqartmalar ko‘pligi, murakkab sintaktik konstruksiyalar, autentik materiallarning yetishmasligi
hamda talabalarning til kompetensiyasidagi tafovutlar asosiy to‘siqlar sifatida ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, muammolarni
bartaraf etish bo‘yicha lingvodidaktik tavsiyalar ishlab chiqiladi.