Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARI: KELAJAK TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM JARAYONIGA INTEGRATSIYASI

sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim, kelajak texnologiyalari, raqamli platforma, algoritm, ta’limda avtomatlashtirish, shaxsiylashtirilgan o‘qitish, raqamli transformatsiya, O‘zbekiston ta’lim tizimi, texnik yechimlar

Mualliflar

  • Sanjar RAHIMOV Chirchiq davlat pedagogika universiteti v.b. dotsenti, PhD, Uzbekistan

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida shakllanayotgan masofaviy ta’lim platformalarining hozirgi holati,
ularning ta’lim tizimidagi ahamiyati va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli transformatsiya
sharoitida sun’iy intellekt ta’lim sifatini oshirish, shaxsiylashtirilgan o‘qitish hamda o‘quv jarayonini avtomatlashtirishda muhim
vosita sifatida maydonga chiqmoqda. Maqolada, ayniqsa, O‘zbekiston sharoitida bu texnologiyalarni joriy qilishning dolzarb
masalalari, mavjud platformalarning texnik imkoniyatlari va dasturchilarga qo‘yiladigan yangi talablarga e’tibor qaratiladi. Sun’iy
intellekt yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, muammoli nuqtalarni aniqlash va individual o‘quv yo‘nalishini
shakllantirish orqali ta’limda yuqori samaradorlikka erishish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, maqolada xorijiy
tajribalar, texnik va pedagogik yondashuvlar asosida ta’lim platformalarining kelajakdagi innovatsion yo‘nalishlari yoritiladi.