Ijtimoiy-gumanitar fanlar

O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARIDA MINTAQAVIY HAMKORLIK VA UNING NATIJALARI: TARIXIY TAHLIL

Markaziy Osiyo, transport infratuzilmasi, temir yo‘llar, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (MOMIH), Yevropa-Sharqiy Osiyo - 101 va 103 kichik yo‘llari, Xalqaro transport forumi (XTF), Qashqar-Torugart-Savay temir yo‘l stansiyasi

Mualliflar

  • Oybek SAYDATOV O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, Uzbekistan

Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanayotgan transport infratuzilmasining barcha turlari holatiga, ayniqsa temir yo‘l
tarmoqlarining qulayligi, ishonchliligi va xavfsizligiga bog‘liq. Sovet Ittifoqi davrida O‘rta Osiyo temir yo‘l boshqarmasi
tarkibiga kirgan temir yo‘l tarmoqlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalarini Qirg‘iziston va Tojikiston
Respublikalari bilan bog‘laydi. Mintaqadagi temir yo‘l infratuzilmasi Markaziy Osiyoning qardosh respublikalarini O‘rta yer
dengizi va Qora dengizlar, Fors ko‘rfazidagi dengiz portlari bilan ham bog‘laydi. Rivojlangan mamlakatlar va xalqaro donor
tashkilotlar homiyligida ishlab chiqilgan va rivojlantirilayotgan temir yo‘l koridorlari mintaqa mamlakatlaridan Sharqiy va
Janubiy Osiyo hamda Markaziy Yevropaga potensial tranzit imkoniyatlarini ta’minlaydi. Maqolada aynan shu haqda so‘z
yuritiladi