Ijtimoiy-gumanitar fanlar

INGLIZ TILIDA SO‘ROQ GAPLARNING DIALOGIK NUTQDAGI INTERAKTIV ROLI

so‘roq gaplar, dialogik nutq, interaktivlik, pragmatika, kommunikativ funksiya, diskurs, nutqiy navbat.

Mualliflar

Mazkur maqolada ingliz tilidagi so‘roq gaplarning dialogik nutq jarayonidagi interaktiv roli pragmatik va kommunikativ jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida so‘roq gaplarning faqat axborot olish vositasi sifatidagi funksiyasi bilan cheklanmay, balki suhbatni boshlash, rivojlantirish, nutqiy navbatni boshqarish, suhbatdosh munosabatini shakllantirish hamda emotsional-ekspressiv ma’nolarni ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Dialogik nutq namunalariga asoslangan tahlil natijasida so‘roq gaplarning kontekstga bog‘liq holda ko‘p funksiyali pragmatik birlik sifatida faol qo‘llanishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitish, nutq kompetensiyasini rivojlantirish va diskurs tahlili sohasida muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.