Tabiiy fanlar

SHOLI POYASIDAN LIGNINI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI

sholi poyasi, natiy ishqori, lignin, sellyuloza, kaliy karbonat, avftoklab, ekistraksiya, xlorid kislota.

Mualliflar

  • Maxliyo ABDULLAYEVA Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tayanch doktoranti, Uzbekistan
  • Mustafokul UROZOV Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti professori, Uzbekistan
  • O‘g‘ilshod PANJIYEVA Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti o‘qituvchisi, Uzbekistan
  • Janar QIDIRBAYEVA Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiya kafedrasi stajyor o‘qituvchisi, Uzbekistan
  • O‘ktam BERDIYAROV Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda qishloq xo‘jaligi chiqindisi hisoblangan sholi poyasidan samarali foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Amaliyotda sholi poyasi dalalarni tozalash maqsadida yoqib yuborilishi natijasida atmosfera havosining ifloslanishi va ekologik
muvozanatning buzilishi kuzatiladi. Mazkur ishning asosiy maqsadi ekologik zararli ushbu jarayonlarga muqobil yechim sifatida
sanoat uchun kam qiymatga ega bo‘lgan sholi poyasidan qimmatli lignin ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot ob’ekti sifatida Surxondaryo viloyatidagi sholi yetishtiriladigan hududlardan olingan sholi poyasi namunalari tanlangan.