Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SELIM ILERINING SARLAVHA YARATISH MAHORATI

Selim Ileri, hikoya, asar sarlavhasi, kompozitsiya, syujet, badiiy detal, obraz

Mualliflar

Badiiy asarning bir butun va yaxlit bo‘lishi asar kompozitsion vositalariga bog‘liq bo‘lib, bunda asar sarlavhasi katta ahamiyatga ega. Asar sarlavhasi butun boshli asarga, ya’ni yuzlab sahifalarga jo qilingan yozuvchi fikrini, g‘oyasini, asarning mazmun-mohiyatini bir yoki bir necha so‘z vositasida qisqa va lo‘nda tarzda o‘zida mujassam etadi. Badiiy adabiyotda asar nomlari ya’ni asar sarlavhasi kitobxonda asar haqida ilk tahminiy fikr-mulohazalarni uyg‘otuvchi, kitobxon diqqatini o‘ziga tortuvchi, uni asarni o‘qishga undovchi unsur sanaladi. Shuningdek, o‘quvchini asar mazmunini o‘zlashtirishga ruhan tayyorlaydi. Mazkur maqola badiiy asar kompozitsiyasining muhim unsurlaridan biri bo‘lgan asar sarlavhasining ahamiyati haqida bo‘lib, unda zamonaviy turk yozuvchisi Selim Ilerining “O‘ttiz yilning barcha hikoyalari 1967-1997” (“Otuz Yılın Bütün Hikayeleri 1967-1997”) nomli to‘plamidan joy olgan hikoyalarining sarlavhalarini tahlil qilish orqali adib hikoyalarining poetik strukturasi, badiiy-g‘oyaviy qatlami va muallifning uslubiy o‘ziga xosligini ifodalovchi jihatlar o‘rganiladi.