Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OLIY TA’LIMDA CHET TIL O‘QITUVCHILARINING REFLEKSIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI

Refleksiv kompetensiya, chet til o‘qituvchisi, oliy ta’lim, didaktik imkoniyatlar, o‘zini-o‘zi rivojlantirish.

Mualliflar

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida chet til o‘qituvchilarining refleksiv kompetensiyasini takomillashtirish masalalari nazariy
va didaktik jihatdan tahlil qilinadi. Refleksiv kompetensiya o‘qituvchining o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish, tanqidiy baholash,
o‘zini-o‘zi rivojlantirish va o‘zgaruvchan ta’lim sharoitlariga moslashish qobiliyatini ifodalaydi. Tadqiqotda refleksiv
kompetensiyaning tarkibiy qismlari, shaxs avtonomiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda o‘zini-o‘zi ta’limga refleksiv tayyorlikning
ahamiyati yoritib berilgan. Chet tilni o‘qitishda nutq faoliyatining asosiy turlari orqali refleksiv kompetensiyani rivojlantirish
imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, refleksiv usullar va interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi
asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak chet til o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida refleksiv kompetensiyani rivojlantirish
oliy ta’lim sifatini oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi