Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DIPLOMATIK DISKURSNING LINGVOPRAGMATIK TALQINI: NAZARIY KONSEPSIYALAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

diplomatik diskurs, lingvopragmatika, nutqiy strategiyalar, kommunikativ vaziyat, nota, janr, pragmatik xususiyatlar, ritorik xususiyatlar.

Mualliflar

  • Oqila BAYJANOVA Dotsent, PhD O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Uzbekistan

Mazkur maqolada diplomatik diskursning lingvopragmatik talqini zamonaviy tilshunoslikdagi nazariy konsepsiyalar va ilmiy
yondashuvlar asosida kompleks tarzda tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi diplomatik diskursni til va nutq tizimining
institutsional shakli sifatida o‘rganish, uning lingvistik hamda ekstralingvistik komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
aniqlash va turli ilmiy maktablar qarashlari asosida nazariy umumlashma ishlab chiqishdan iborat. Maqolada diskurs
tushunchasining shakllanish bosqichlari, uning matn, nutq va kommunikativ vaziyat bilan munosabati hamda lingvistik
tafakkurdagi evolyutsiyasi yoritilgan. Tadqiqot jarayonida diskursiv tahlil, qiyosiy-tavsifiy metod, kontekstual tahlil,
lingvopragmatik yondashuv hamda nazariy umumlashtirish usullaridan foydalanildi.