Ijtimoiy-gumanitar fanlar

QISHLOQ YOSHLARINING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM MUASSASALARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ROLI

Mualliflar

Mazkur maqolada qishloq yoshlarining huquqiy madaniyatini rivojlantirishda ta’lim muassasalarining ijtimoiy-pedagogik roli ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Huquqiy madaniyat jamiyat taraqqiyoti va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qishloq hududlarida yashovchi yoshlarning huquqiy bilim darajasini oshirish dolzarb pedagogik muammolardan biridir. Maqolada huquqiy madaniyat tushunchasining pedagogik mohiyati yoritiladi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishda ta’lim muassasalarining roli asoslab beriladi. Ta’lim jarayonida huquqiy tarbiya vositalaridan samarali foydalanish masalalari tahlil qilinadi.