Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DUAL TA’LIM TIZIMIDA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINI NAZARIY VA AMALIY JIHATLARINI O‘QITISH METODIKALARI

muhandislik grafikasi, dual ta’lim, innovatsion texnologiyalar, amaliy ko‘nikmalar, pedagogik metodlar, professional tayyorgarlik.

Mualliflar

Maqolada muhandislik grafikasi fanini dual ta’lim tizimida o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Dual ta’lim
modeli talabalar uchun universitetdagi nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish sharoitida amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash
imkonini beradi. Maqolada talabalar bilan ishlashning samarali metodikasi, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirishning yo‘llari batafsil yoritilgan. Shuningdek, maqolada ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq etish, talabalarning malakasini oshirish va ularni professional muhandis sifatida tayyorlashga qaratilgan
strategiyalar tavsiflangan. Tadqiqot natijalari dual ta’lim jarayonida muhandislik grafikasi fanini o‘qitish samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.