Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NEMIS TILIDAGI QUR’ON, INJIL VA IBODAT MATNLARIDA MAVJUD BO‘LGAN DEYKTIK BIRLIKLARNING O‘ZBEK TILIGA TO‘G‘RI TARJIMA QILINISHIDAGI MUAMMOLAR

deyksis, deyktik birliklar, tarjima muammolari, shaxs deyksisi, makon deyksisi, zamon deyksisi, diskurs deyksisi, sotsial deyksis, diniy matn, lingvopragmatika, funksional ekvivalentlik.

Mualliflar

Ushbu maqolada nemis tilidagi Qur’on, Injil va ibodat matnlarida uchraydigan deyktik birliklarning o‘zbek tiliga to‘g‘ri tarjima qilinishida
yuzaga keladigan lingvistik va pragmatik muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shaxs, makon, zamon, diskurs va sotsial deyksis
birliklarining semantik xususiyatlari hamda ularning ikki til tizimidagi ifodalanish usullari qiyosiy jihatdan o‘rganiladi. Nemis tilining
analitik, o‘zbek tilining esa agglutinativ tabiati deyktik birliklarni tarjima qilishda strukturaviy va funksional tafovutlarni keltirib chiqarishi
aniqlanadi. Diniy diskursda deyksis nutq markazini, sakral makon va zamonni hamda murojaat darajasini belgilovchi muhim vosita sifatida
namoyon bo‘ladi.