Ijtimoiy-gumanitar fanlar

“KO‘NGIL” KOMPONENTLI FRAZEOLOGIZMLARDA METAFORIK MODELLAR VA OBRAZLI SEMANTIKA

metaforik model, obrazli semantika, obrazli ssenariy, konseptual metafora, kognitiv semantika, o‘zbek frazeologiyasi, lingvomadaniy kod, konnotatsiya.

Mualliflar

Maqolada o‘zbek tilidagi “ko‘ngil” komponentli frazeologizmlarning metaforik modellar va obrazli semantika asosida shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. “Ko‘ngil” komponentli frazeologik birliklarda insonning ichki ruhiy holati, emotsional munosabati, axloqiy bahosi, sezgisi, niyati va shaxslararo aloqalari ichki makon, ruhiy sig‘im, hissiy yo‘nalish, munosabat masofasi, ruhiy jarohat, tanaviy-affektiv qabul qilmaslik hamda kognitiv-irodaviy maydon kabi obrazli modellar orqali ifodalanadi. Tadqiqotda tavsifiy, struktur-semantik, komponent, kognitiv-semantik va lingvomadaniy tahlil usullaridan foydalanildi