Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TALABALARDA BIOPOTENSIALLARNI QAYD QILUVCHI QURILMALAR BILAN ISHLASH TAMOYILLARIGA INNOVATSION YONDASHUV (EKG, EEG, EMG, ERG MISOLIDA)

Biopotensial, elektrokardiografiya, elektroentsefalografiya, elektromiografiya, elektreretinografiya, interaktiv o‘qitish, simulyatsiya, innovatsion texnologiyalar, tibbiy ta’lim.

Mualliflar

Zamonaviy tibbiy ta’lim tizimi kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlashda innovatsion uslublarni joriy etish zaruratiga duch
kelmoqda. Ayniqsa, talabalarni biologik potensiallarni qayd qiluvchi qurilmalar – elektrokardiograf, elektroentsefalograf,
elektromiograf va elektreretinograf –da ishlash tamoyillariga o‘qitish muhim ahamiyatga ega. Ushbu qurilmalar mos ravishda
yurak, miya, mushaklar va ko‘z to‘r pardasining elektr faolligini qayd qilish imkonini beradi. Talabalarda nafaqat nazariy
bilimlarni, balki ushbu qurilmalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun innovatsion ta’lim yondashuvi,
jumladan, interaktiv texnologiyalar, simulyatsion mashg‘ulotlar va zamonaviy ta’lim platformalarini integratsiyalash zarur