Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BIOFIZIKA FANINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

biofizika, raqamli texnologiyalar, aralash ta’lim, virtual laboratoriya, muammoli ta’lim, interfaol metodlar, elektron ta’lim, simulyatsiya, ta’lim samaradorligi.

Mualliflar

Mazkur maqolada biofizika fanini raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy
ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish murakkab biofizik jarayonlarni tushunarli va vizual shaklda
yetkazish, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirish hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishda muhim omil sifatida baholandi.
Tadqiqot davomida aralash ta’lim modeli, virtual laboratoriyalar, elektron ta’lim platformalari va muammoli ta’lim metodlarining didaktik
imkoniyatlari o‘rganildi. Tajriba Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakulteti 1-kurs talabalari ishtirokida olib borildi. Natijalar
raqamli ta’lim vositalari nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan integratsiyalash, biofizik qonuniyatlarni chuqurroq anglash hamda
talabalarning analitik fikrlash, mustaqil izlanish va jamoada ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi