Tabiiy fanlar

AZOTLI ORGANIK BIRIKMA PIRIDINNING N-OKSIDINI OLISHNI OPTIMALLASHTIRILGAN SHAROITLARI VA REAKSION MEXANIZMI

Piridin, vodorod peroksid, chumoli kislota, piridin oksid, peroksiformil kislota, reaksiya mexanizmi.

Mualliflar

Ushbu maqolada piridin hosilalarining qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va sanoatdagi qo‘llanilishi hamda ularni olishning zamonaviy
sintetik usullari yoritilgan. Piridin π-elektron tanqis geterosiklik birikma sifatida elektrofil reaksiyalarga nisbatan past reaktivlikka
ega ekanligi va uning oksidlanish jarayonlari sharoitga bog‘liqligi tahlil qilingan. Tadqiqotda piridinni vodorod peroksid va
chumoli kislota ishtirokida oksidlash reaksiyasi o‘rganilib, piridin N-oksid hosil bo‘lish mexanizmi bosqichma-bosqich izohlangan.
Reaksiya sharoitlarining (harorat, vaqt va reagentlar nisbati) mahsulot unumiga ta’siri aniqlanib, optimal sharoit sifatida 80°C
harorat va 12 soat davomiylikda 84–86% gacha unumga erishilganligi ko‘rsatilgan. Olingan mahsulotning tuzilishi IQ-spektr tahlili
orqali tasdiqlangan. Natijalar piridin N-oksidlarini samarali olish uchun qulay va optimallashtirilgan usul mavjudligini ko‘rsatadi.