FILOLOGIK TA’LIM MAZMUNINI MEHNAT BOZORI TALABLARIGA MOSLASHTIRISHDA LINGVISTIK KOMPETENSIYALARNI YANGILASHNING KONSEPTUAL VA INSTITUTSIONAL ASOSLARI
##submission.downloads##
Maqolada filologik ta’lim mazmunini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish muammosi tahlil qilinadi. Unda nazariy tayyorgarlik bilan amaliy va raqamli kompetensiyalar o‘rtasidagi nomutanosiblik asosiy muammo sifatida ko‘rsatiladi. Muallif filolog bitiruvchi uchun tahrir, tarjima, mediamatn yaratish, terminologik ishlov va sun’iy intellekt vositalari bilan ishlash ko‘nikmalari zarurligini asoslaydi. Maqolada “skills mismatch” hodisasi filologik ta’lim nuqtayi nazaridan sharhlanadi. Shu asosda fundamental, kommunikativ-editorlik, tarjima, raqamli-amaliy va loyiha-kommunikativ komponentlardan iborat lingvistik kompetensiyalar modeli taklif etiladi. O‘quv dasturlarini modullashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish va loyiha asosidagi ta’limni joriy etish zarurligi ta’kidlanadi. Xulosa sifatida mazkur yondashuv filolog bitiruvchining bandligi, kasbiy moslashuvchanligi va raqobatbardoshligini oshirishi ko‘rsatib beriladi
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni.
2. Всемирный экономический форум. Доклад о будущем рабочих мест – 2025. – Женева: Всемирный экономический форум, 2025.
3. Международная организация труда. Несоответствие навыков и рабочих мест в странах с низким и средним уровнем дохода. Женева: МОТ, 2020.
4. ILOSTAT. Индикаторы образования и несоответствия (база данных EMI): понятия и определения. – Женева: Международная организация труда, 2026.
5. UNESCO IITE. Развитие навыков ИКТ в Республике Узбекистан: аналитический отчет с рекомендациями. – Москва: ЮНЕСКО ИИТО, 2025.
6. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-martdagi “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-son qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




