Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SUBKOLLOKVIAL FRAZEOLOGIZMLARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

subkollokvial, frazeologizm, pragmatika, ekspressiv, stilistik belgilar, nutqiy akt, kommunikativ funksiya

Mualliflar

  • Nodirjon OTAQULOV PhD, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek tillaridagi subkollokvial frazeologik birliklarning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida mazkur birliklarning funksional-semantik tabiati, nutqiy qo‘llanish sharoitlari hamda ekspressiv-stilistik yuklamasi ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Subkollokvial frazeologizmlar maishiy, emotsional, ijtimoiy-siyosiy va intellektual sohalar kesimida tasniflanib, ularning pragmatik qiymati aniqlandi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur birliklar ichida maishiy sohani aks ettiruvchi frazeologizmlar ustunlik qiladi. Bu holat frazeologik lug‘atlardan tanlab olingan materiallar va korpus ma’lumotlari orqali dalillandi.