Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ПРОГРАММА ПОДГОТОВКИ КОРПОРАТИВНЫХ ТЬЮТОРОВ КАК ФАКТОР УСПЕШНОГО ВНЕДРЕНИЯ ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ В НЕФТЕГАЗОВОЙ ОТРАСЛИ

korporativ tyutor, tyutorlarni tayyorlash, pedagogik texnologiya, neft-gaz sohasi, fasilitatsiya, individual ta’lim traektoriyalari.

Mualliflar

  • Хулкар Б. АСАДОВА кандидат технических наук., доцент, Ведущий научный сотрудник АО «O‘ZLITINEFTGAZ», Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan
  • Сайдулло Х. АЗИМОВ, кандидат технических наук., доцент, Руководитель Учебно-исследовательского центра “NEFTGAZ-MALAKA” при АО “O‘ZLITINEFTGAZ”, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan

Maqolada neft-gaz sohasi mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning mualliflik pedagogik texnologiyasini muvaffaqiyatli joriy etishning asosiy omili sifatida korporativ tyutorlarni tayyorlash dasturi taqdim etilgan va asoslangan. Texnologiyaning samaradorligi tyutorlarning malakasiga bevosita bogʻliqligi koʻrsatilgan: haftalik mashgʻulotlar kompetensiyaning integral koʻrsatkichini 18 foiz punktga oshiradi (p<0,05). Tyutor kompetensiyalarining modeli ishlab chiqilgan boʻlib, u fan-metodik, psixologik-pedagogik, kommunikativ va analitik bloklarni oʻz ichiga oladi. Nazariy asoslar, diagnostika vositalari, fasilitatsiya va oʻquv materiallarini yaratishni qamrab olgan 72 soatlik tayyorlash dasturi yaratilgan. Besh nafar tyutor ishtirokidagi sinov mashgʻulotlari ularning mualliflik texnologiyasi boʻyicha ishlashga tayyorligini tasdiqladi (tayyorlik integral koʻrsatkichi 54% dan 88% gacha oshdi, taʼsir hajmi juda katta - d>0,8). Dastur neft-gaz kompaniyalarining korporativ universitetlarida tatbiq etish uchun tavsiya etiladi.