Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TARJIMASHUNOSLIKDA KONNOTATIV VA DENOTATIV MA’NOLAR MUAMMOSI

tarjimashunoslik, semantika, denotativ ma’no, konnotativ ma’no, ekvivalentlik, adekvat tarjima, lingvokulturologiya, pragmatika

Mualliflar

  • Saodat T. ARIPOVA, Dotsent v.b., Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti, O‘zMU mustaqil izlanuvchisi, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada tarjimashunoslikda denotativ va konnotativ ma’nolarning nazariy asoslari hamda ularning tarjima jarayonidagi ahamiyati tadqiq etiladi. Tarjima amaliyotida denotativ ma’noning obyektiv mazmunni ifodalashi, konnotativ ma’noning esa emotsional-ekspressiv va madaniy komponentlarni o‘zida mujassam etishi tahlil qilinadi. Badiiy, publitsistik va ilmiy matnlar misolida ushbu ma’no qatlamlarini adekvat tarzda tarjima qilish muammolari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari konnotativ ma’nolarni tarjimada saqlash matnning pragmatik va estetik ta’sirini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.