Ijtimoiy-gumanitar fanlar

DOKTOR SYUZ ASARLARIDA BOLALAR PSIXOLOGIYASINING BADIIY IFODASI

Doktor Syuz, bolalar adabiyoti, bolalar psixologiyasi, badiiy ifoda, qahramon ruhiyati, pedagogik-didaktik yondashuv, Amerika bolalar adabiyoti, psixologik tasvir.

Mualliflar

Ushbu maqolada Doktor Syuz (Dr. Seuss) asarlarida bolalar psixologiyasining badiiy ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda muallif ijodida bolalar ichki dunyosi, ularning hissiy holatlari, tasavvur olami hamda xulq-atvor motivlarining badiiy vositalar orqali aks ettirilishi o‘rganiladi. Shuningdek, asarlarda qo‘llangan ramziy obrazlar, ritmik va lingvistik o‘yinlar bolalar psixologiyasini ochib berishdagi asosiy badiiy vosita sifatida tahlil qilinadi. Maqola Dr. Seuss ijodining bolalar adabiyotidagi psixologik yondashuvini yoritish va uning pedagogik ahamiyatini asoslashga xizmat qiladi.