Tabiiy fanlar

UGLEROD NANONAYCHASINING SUV MUHITIDAGI TABIATI

bir qavatli uglerod nanonaychasi, funksionallashgan bir qavatli uglerod nanonaychasi, bog‘lanish energiyasi, suv muhiti, o‘zaro ta’sir energiyasi, molekulyar dinamika

Mualliflar

  • Shaxrizoda MATNAZAROVA O‘zbekiston Milliy universiteti, Fizika fakulteti magistratranti O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti muhandisi, Uzbekistan
  • Turg‘unali AXMADJАNOV O‘zbekiston Milliy universiteti, Fizika fakulteti Fotonika kafedrtasi mudiri, Uzbekistan
  • Umedjon XALILOV O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Maksudbek YUSUPOV O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi, Uzbekistan

Uglerod nanonaychasi (UNN)ning sitotoksik ta’sirga ega ekanligi bugungi kunda funksionallashgan UNN (fUNN)ga bo‘lgan
talabni tobora orttirmoqda. Garchi fUNNlarning sitotoksik effekti bo‘yicha bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lsada,
ularning suv muhitidagi tabiati yetarlicha tadqiq etilmagan. Ushbu tadqiqot ishida toza (funksionallashmagan) hamda fUNN bilan
suv molekulalari orasidagi o‘zaro ta’sirning atomar darajadagi mexanizmlari kompyuterda modellashtirish orqali o‘rganildi.
Modellashtirish natijalari fUNNdagi funksional guruhlar sonining ortishi uning suv muhiti bilan o‘zaro ta’siri vodorod bog‘lari
tufayli kuchayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Bu esa, o‘z navbatida, fUNNning sitotoksikligi kamayishiga sabab bo‘ladi. Umuman
olganda, bu tadqiqot natijalari biomeditsina sohasida UNN yordamida biologik dori vositalarini tashish va yetkazish jarayonlarni
molekulyar darajada tushunishga yordam beradi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##