Tabiiy fanlar

MONODISPERS NiO NANOKLASTERLARINING AGREGATSIYA MEXANIZMLARI

jarayonlarni modellashtirish, nikel oksidi nanoklasteri, agregatsiya, barqarorlik, reaktiv molekulyar dinamika.

Mualliflar

  • Ibrat O‘RUNOV O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakulteti magistranti O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti muhandisi, Uzbekistan
  • Faxriddin SAFAROV Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti stajyor-o'qituvchisi, Uzbekistan
  • Islomjon JO‘RAYEV O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti kichik ilmiy xodimi, Uzbekistan
  • Kamoladdin EGAMBERDIEV O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti katta ilmiy xodimi Geologiya fanlari universiteti Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti, Uzbekistan
  • Turg‘unali AXMADJАNOV O‘zbekiston Milliy universiteti fizika fakulteti Fotonika kafedrtasi mudiri, Uzbekistan
  • Umedjon XALILOV O‘zR FA, Ion-Plazma va lazer texnologiyalari instituti bosh ilmiy xodimi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchis,, Uzbekistan

Turli muhitlarda nanokatalizatorlar o‘lchamini boshqarishda ularning muhitdagi agregatsiya mexanizmlarini o‘rganish fundamental ahamiyatga ega. Garchi NiO nanozarralar agregatsiya jarayonlari ideal muhitlarda (ya’ni, gaz va suvli eritmalarda) qisman o‘rganilgan bo‘lsada, ularning suvli muhit bilan ta’sir mexanizmlari haligacha to‘la tushinilmagan. Ushbu tadqiqotda o‘lchami 1 nm atrofidagi NiO nanoklasterlari agregatsiya jarayoniga muhitning ta’siri molekulyar dinamika usuli yordamida o‘rganildi. Hisoblash natijalari shuni ko‘rsatadiki, (1) suvli muhit ta’sirida NiO nanoagregatlari atrofida hosil bo‘lgan
Natural sciences gidrodinamik qobiq (qalinligi 0.08 nm) hisobiga bu nanoagregatlar vakuumdagiga nisbatan bir-biridan uzoqroq masofada joylashadi, hamda (2) bu gidrodinamik qobiqning hosil bo‘lishi natijasida NiO nanoklasterlari suv muhitidagi barqarorligi pasayadi. Ushbu tadqiqot nanotexnalogiyaning asosini tashkil qilgan noyob fizik xususiyatli nanomateriallarning selektiv sintezi uchun nanokatalizatorlar o‘lchamini boshqarishni yaxshiroq tushunishda yordam beradi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##