Tabiiy fanlar

XORAZM VOHASIDA KENG TARQALGAN COCHLICOPA NITENS QURUQLIK MOLLYUSKASINING KONXOLOGIK BELGILARINING O‘ZGARUVCHANLIGI

Quruqlik mollyuskasi, konxologik o‘zgaruvchanlik, Cochlicopa nitens, ,biotop.

Mualliflar

Ushbu maqolada O‘zbekiston shimoli-g‘arbiy qismida keng tarqalgan Cochlicopa nitens quruqlik mollyuskasining konxologik
belgilarining o‘zgaruvchanligi haqida ma’lumotlar berilgan. Tadqiqot materiallari 2019-2022-yillar davomida Xorazm
vohasidagi Yangiariq tumani: Qarmish, Kattabog‘ qishlog‘i o‘zlashtirilmagan maydonlardagi ajriqzorlar orasi; Bog‘ot tumani:
Dehqonbozor, Nayman qishlog‘i ariq bo‘ylariga yaqin joylardagi o‘tlar orasidan, o‘tlar orasidan yig‘ilgan. C. nitens ning
chig‘anoq morfometrik belgilarining tahlili asosida barcha biotoplarda chig‘anoq og‘iz balandligi va kengligi boshqa belgilarga
nisbatan o‘zgaruvchanligi yuqori ekanligi, chig‘anoq kengligi esa kam o‘zgaruvchan barqaror belgilardan biri ekanligi
aniqlangan.