Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANGICH SINF DARSLARINI KREATIV TA’LIM MUHITI ASOSIDA TASHKIL QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Kreativlik, kreativ ta’lim muhiti, boshlang‘ich ta’lim, muammoli ta’lim, divergent fikrlash, interfaol metodlar, ta’lim muhiti.

Mualliflar

Mazkur maqolada ta’limdagi yangi texnalogiyalar, sunniy intellekt, glaballashuv va raqamlashtirish jarayonlarini mehnat bozorining doimiy ravishda o’zgartirib borayotgan bir paytda, yaratuvchanlik, yangilikka intilish va kreativlikning ustvor bo‘lishini taqozo etmoqda. Bu esa kelajak avlod uchun tizimli bilimning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. O‘quvchilarning kreativ fikrlash, kreativ bo‘lish va kreativ muhit yaratish kabi qator ehtiyojlar shaxsning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy tezkor o‘zgarishlarga moslashishiga, balki ushbu o‘zgarishlarning faol yaratuvchisiga aylanishiga ham imkon beradi. Ta’lim tizimida til ta’limi o‘quvchilarda to‘rt asosiy ko‘nikma – o‘qib tushunish, tinglab tushunish, yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan holda tashkil etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, o‘qish savodxonligi faqat matnni o‘qish va harflarni tanish bilan cheklanmay, balki o‘qilgan ma’lumotni anglash, tahlil qilish, unga tanqidiy munosabat bildirish hamda amaliy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmasini ham o‘z ichiga oladi. Bu esa o‘quvchilarning keyingi ta’lim bosqichlarida muvaffaqiyatli o‘zlashtirishining muhim omili hisoblanadi.