Ijtimoiy-gumanitar fanlar

АРИЙСКАЯ ПРОБЛЕМА В ИСТОРИЧЕСКОЙ НАУКЕ: УРАЛО-СТЕПНОЙ ОЧАГ И ПУТИ ИНДОИРАНСКИХ ТРАДИЦИЙ (СИНТАШТА–АРКАИМ И БМАК)

Ural, hind-oriylar, hind-eronlar, Sintashta, Arkaim, jang aravalari, Rigveda, Baqtriya–Marg‘iyona arxeologik majmuasi (BMAK), voha sivilizatsiyalari, madaniy aloqalar, arxeologik gorizont

Mualliflar

  • Шерзод САТТОРОВ, Базовый докторант Термезский государственный университет, Сурхандаря, Узбекистан, Uzbekistan

Mazkur maqolada miloddan avvalgi II ming yillikda ilk hind-eron (hind-oriy) hududining joylashuvi hamda u bilan bog‘liq diniy va moddiy madaniyat an’analarining tarqalish yo‘llari haqidagi bahsli masalalar tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida Janubiy Ural hududidagi Sintashta–Arkaim arxeologik majmuasi hamda uning ilk hind-eron qabilalarining ehtimoliy markazi sifatidagi talqini (ot boqish, jang aravalari, mustahkamlangan manzilgohlar va dafn marosimlari) yoritilgan. Shuningdek, dasht aholisi bilan Baqtriya–Marg‘iyona arxeologik majmuasi (BMAK) voha sivilizatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, arxeologik ma’lumotlar migratsiya, madaniy diffuziya va integratsiya kabi turli ilmiy modellarni ilgari surish imkonini beradi. Biroq arxeologik madaniyatni muayyan etnos bilan bevosita tenglashtirish ilmiy nuqtai nazardan ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab etadi.