Ijtimoiy-gumanitar fanlar

NUTQ QO‘RQUVI VA UNI YENGISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Glossofobiya, nutq qo‘rquvi, ommaviy nutq, auditoriya, kognitiv-bixevioral terapiya, psixologik usullar, vizualizatsiya, ichki emotsional holat, muloqot baryeri.

Mualliflar

Ushbu maqolada ommaviy nutq so‘zlash oldidagi qo‘rquv - glossofobiyaning kelib chiqish sabablari va uning inson ruhiyatiga ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida nutq qo‘rquvini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omillar, jumladan, muvaffaqiyatsizlikka uchrash hissi, perfektsionizm va o‘tmishdagi salbiy tajribalar o‘rganilgan. Maqolaning asosiy maqsadi - glossofobiyani yengishda samarali hisoblangan kognitiv-bixevioral terapiya, vizualizatsiya hamda nafas olish mashqlari kabi zamonaviy psixologik usullarni yoritishdan iborat. Tadqiqot natijalari ommaviy nutq madaniyatini rivojlantirish va muloqotga kirishishdagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiya sifatida xizmat qiladi.