Ijtimoiy-gumanitar fanlar

TARBIYA FANINI O‘QITISHDA BADIIY PEDAGOGIKA IMKONIYATLARIDAN ANIMATSION DUBLYAJ TEXNOLOGIYASI MISOLIDA FOYDALANISH

Badiiy pedagogika, tarbiya fani, animatsion dublyaj texnologiyasi, axloqiy tarbiya, milliy musiqa, multimedia vositalari, o‘quvchilar faolligi, pedagogik kompetensiya.

Mualliflar

  • Sevara F. DJANBAYEVA Magistrant, Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston, O‘zbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining 7-sinfida tarbiya fanini o‘qitishda badiiy pedagogika vositalari, xususan, animatsion dublyaj texnologiyasining nazariy-metodik asoslari va amaliy samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda badiiy pedagogikaning mohiyati, tarbiyaviy jarayondagi o‘rni va tarixiy rivojlanish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi o‘quvchilarni axloqiy mavzular asosida yaratilgan va milliy musiqa bilan uyg‘unlashtirilgan animatsion hikoyalarni ovozlashtirishga jalb etish orqali ularning darsdagi kognitiv faolligini hamda axloqiy tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini oshirishdan iborat. Maqolada badiiy pedagogikaning estetik idrok, tanqidiy va mustaqil fikrlash hamda ma’naviy qadriyatlarga sadoqatni shakllantirishdagi samaradorligi ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan.