Ijtimoiy-gumanitar fanlar

ANALITIK FALSAFA AN’ANASIDA “TAHLIL” KONSEPSIYASINING METODOLOGIK VA KOGNITIV AHAMIYATI

Analitik falsafa, tahlil konsepsiyasi, tahlil paradoksi, eksplikasiya, tanqidiy tafakkur, kognitiv jarayon, metodologiya

Mualliflar

  • Davron Z. KAMILOV PhD, dotsent, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Toshkent, Oʻzbekiston , Uzbekistan

Mazkur maqolada XX asr analitik falsafasi an’anasida “tahlil” (analiz) konsepsiyasining metodologik va kognitiv mohiyati tadqiq etilgan. J.E. Mur, G. Frege, R. Karnap va B. Rassel kabi mutafakkirlarning qarashlari qiyosiy o‘rganilib, bilish jarayonidagi “tahlil paradoksi”, denotat va ma’no munosabati hamda eksplikasiya muammolari ochib berilgan. Tadqiqot natijasida tahlil shunchaki tushunchalarni qismlarga ajratish emas, balki dogmatik qarashlarni qayta baholovchi, til va mantiq aloqadorligini ta’minlovchi hamda tanqidiy tafakkur uchun zarur kognitiv sharoit yaratuvchi muhim falsafiy-metodologik faoliyat ekani asoslangan.