Ijtimoiy-gumanitar fanlar

UMUMTA’LIM MUASSASASI RAHBARLARINING MA’NAVIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

ta’lim menejmenti, ma’naviy qiyofa, qadriyatlarga asoslangan boshqaruv, refleksiv yondashuv, ma’naviy fazilatlar, pedagogik liderlik.

Mualliflar

  • Umida NURIYEVA Mustaqil izlanuvchi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Toshkent, O‘zbekiston , Uzbekistan

Ushbu maqolada umumta’lim muassasasi rahbarlarining ma’naviy qiyofasini shakllantirishning metodologik asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda rahbarning ma’naviy yetukligini rivojlantirishda insonparvarlik, kompetensiyaviy, qadriyatlarga asoslangan hamda refleksiv yondashuvlarning o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, rahbarning halollik, adolat, mas’uliyat va vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlarini rivojlantirishning ta’lim muassasasi boshqaruvi samaradorligi hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari umumta’lim muassasalari rahbarlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida ma’naviy yetakchilikni rivojlantirishga qaratilgan metodologik yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.