Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BRAYL YOKI AUDIO: KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN SHAXSLARNING BADIIY MATNNI IDROK ETISHI VA TUSHUNISHINING PSIXOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Psixolingvistika, Brayl shrifti, audio-matn, badiiy matn idroki, koʻrish nuqsoni, taktil va eshitish idroki, tiflopsixologiya, kognitiv model.

Mualliflar

Maqolada koʻrish qobiliyati cheklangan shaxslar tomonidan badiiy matnni idrok etishning ikki asosiy kanali – Brayl shrifti va
audio-format oʻrtasidagi psixolingvistik farqlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Brayl yozuvining taktil-kognitiv xususiyatlari
va audio idrokning eshitish mexanizmlari baholanib, ularning samaradorligi oʻquvchining yoshi, nuqson xarakteri va matn janriga
bogʻliqligi asoslanadi. Har ikki format ham bir-birini toʻldiruvchi oʻziga xos kognitiv afzalliklarga ega degan xulosaga kelingan.