Tabiiy fanlar

Pisum sativumning yer ustki qismi polisaxaridlari

Pisum sativum, suvda eruvchan polisaxaridlar, pektin moddalari, gemitsellyuloza.

Mualliflar

  • Зарифа САМАНДАРОВА Национальный университет Узбекистана магистрантка факультета Химии, Uzbekistan
  • Азамат ЭШБЕКОВ Национальный университет Узбекистана, PhD, кафедры химии природных соединение, Uzbekistan
  • Раъно РАХМАНБЕРДЫЕВА Институт химии растительных веществ им. акад. С.Ю.Юнусова АН РУз, доктор химических наук, Uzbekistan
  • Мавжуда МАЛИКОВА Институт химии растительных веществ им. акад. С.Ю.Юнусова АН РУз, кандидат химических наук, Uzbekistan

*Pisum sativum* (Fabaceae oilasi) o‘simligining yer ustki qismlaridan polisaxaridlarni ajratib olish va tozalash usullari ishlab chiqildi hamda oshqozon-ichak trakti buzilishlarini normallashtirishda yallig‘lanishga qarshi va adsorbentlik xususiyatlarini belgilovchi biologik faol komponentlar sifatida ushbu o‘simlikdagi polisaxaridlarning sifat va miqdoriy tarkibi o‘rganildi. Polisaxaridlar majmuasining sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlandi; jumladan, sovuq (WSPS-1) va issiq (WSPS-2) suv yordamida mos ravishda 3,4% va 1,5% unum bilan suvda eruvchan polisaxaridlar, 4,65% unum bilan pektin moddalari (PS) hamda 3,15% unum bilan gemitsellyuloza (HMC) ajratib olindi; esterlanish darajasiga ko‘ra, ular yuqori darajada esterlanganligi aniqlandi.