Tabiiy fanlar

SOVUQ ATMOSFERIK PLAZMA YORDAMIDA OLIGOSAXARIDNING OKSIDLANISHI: ATOMAR DARAJADAGI MODELLASHTIRISH

Sovuq atmosferik plazma, reaktiv kislorod va azot turlari, oligosaxarid, plazma yordamida oksidlash, reaktiv molekulyar dinamika.

Mualliflar

Sovuq atmosferik plazma (SAP) bir nechta tibbiyot sohalarida, xususan sirtlardan biofilmlarni tozalashda samarali
qo‘llanilmoqda. Biroq, SAP ta’sirining molekulyar mexanizmlari hali ham yaxshi tushunilmagan. Ushbu tadqiqot ishida
reaktiv molekulyar dinamika (MD) simulyatsiyalari yordamida oligosoxaridlarning SAP ta’sirida oksidlanish mexanizmlari
o‘rganildi. Xususan, SAP hosil qilgan reaktiv kislorod va azot turlarining sellotrioza (oligosaxaridlar uchun model tizim)
bilan o‘zaro ta’siri jarayonlari tadqiq etildi. Modellashtirish natijalari reaktiv kislorod zarralari sellotrioza bilan o‘zaro
ta’sirlashganda molekulaning strukturaviy muhim bo‘lgan glikozid bog‘larini uzishini ko‘rsatdi. Bu esa oligosaxarid
molekulasining parchalanishiga olib keladi. Ushbu MD natijalar SAP orqali sellotrioza oksidlanishi bo‘yicha eksperimental
natijalar bilan mos keldi.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##