Tabiiy fanlar

2-AMINO-5-АLLILTIO-1,3,4-TIADIAZOLNING MIS (II) KOMPLEKSI SINTEZI, SPEKTROSKOPIK VA MOLEKULYAR DOKING TADQIQOTLARI

2-amino-5-alliltio-1,3,4-tiadiazol, mis komplekslari, molekulyar doking, MCF-7 hujayra liniyasi, termik tahlil, ERα retseptori, IQ-spektroskopiya.

Mualliflar

  • Gulmira UZAKBERGENOVA Tayanch doktorant, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Aziz ATASHOV O‘qituvchi, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Zamira UZAKBERGENOVA Dotsent, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Batirbay TORAMBETOV Dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Albina KALILAYEVA Magistrant, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Shahnoza KADIROVA Professor, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu tadqiqotda 2-amino-5-alliltio-1,3,4-tiadiazol (L) ligandi asosida yangi mis (II) komplekslari sintez qilindi va ularning
tuzilishi element analiz, IQ-spektroskopiyasi hamda termik tahlil (TG/DTA) usullari yordamida tavsiflandi. Spektroskopik tahlillar
shuni ko‘rsatdiki, ([Cu(L)4Cl]Cl) monodentat koordinatsiyalangan tetragonal piramidal geometriyaga ega. Termik tahlil natijalari
kompleksning 136 °C gacha barqarorligini va yakuniy mahsulot sifatida CuO hosil bo‘lishini tasdiqladi. Molekulyar doking
tadqiqotlari ushbu komplekslarning inson ko‘krak bezi saratoni (MCF-7 hujayra liniyasi) retseptorlari - ERα, HER2 va EGFR bilan
yuqori yaqinligini ko‘rsatdi. Xususan, ERα retseptori bilan (-7,40 kkal/mol) eng yuqori bog‘lanish energiyasini namoyon qilib,
saratonga qarshi potensial agent sifatida namoyon bo‘ldi

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##