Tabiiy fanlar

O‘ZBEKISTON TO‘RTLAMCHI YOTQIZIQLARINING STRATIGRAFIK O‘RGANILGANLIGI SHARHI

to‘rtlamchi yotqiziqlar, stratigrafiya, O‘zbekiston, geomorfologiya, paleomagnetizm, korrelyatsiya, paleogeografiya, geologik tarix, lyoss.

Mualliflar

  • Ходжиакбар ТОЙЧИЕВ Профессор, Национальный университет Узбекистана, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan
  • Вазира УТАМУРОДОВА Базовый докторант, Национальный университет Узбекистана, Ташкент, Узбекистан, Uzbekistan

Maqolada O‘zbekiston hududidagi to‘rtlamchi yotqiziqlarning yuz yildan ortiq davom etgan o‘rganilish tarixi ko‘rib chiqilgan va
mintaqada stratigrafik tadqiqotlar rivojlanishining asosiy bosqichlari tahlil qilingan. N.A. Severtsov, I.V. Mushketov, V.A.
Obruchev, N.F. Bezobrazova, Yu.A. Skvortsov, N.P. Vasilkovskiy, G.A. Mavlyanov va boshqa mahalliy va xorijiy olimlarning
to‘rtlamchi yotqiziqlarni o‘rganishga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Daryo terrasalari, allyuvial, prolyuvial, delyuvial va, ayniqsa,
lyoss yotqiziqlarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan stratigrafik sxemalar, ularning ilmiy asoslanish usullari, shuningdek
mintaqalararo korrelyatsiya muammolari ko‘rib chiqilgan. Geomorfologik, litologik, palinologik, paleontologik, paleopedologik,
geoxronologik va paleomagnit usullarning imkoniyatlari tahlil qilingan va ularni kompleks qo‘llashning O‘zbekistondagi geologik
ishlarning stratigrafik asosini takomillashtirish uchun zarurligi asoslab berilgan.

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##