Ijtimoiy-gumanitar fanlar

KICHIK VA O‘RTA SANOAT KORXONALARI UCHUN KAM XARAJATLI RAQAMLI-LEAN BOSHQARUV MODELI

AIM Lean, raqamli boshqaruv, Lean management, KPI, kichik va o‘rta korxonalar, operatsion ma’lumotlar, ishlab chiqarish yo‘qotishlari, raqamli monitoring, moslashuvchan boshqaruv.

Mualliflar

  • Mirjahon ALIQULOV Tayanch doktorant, Qarshi davlat universiteti, Qarshi, O‘zbekiston, Uzbekistan

Maqolada moliyaviy, texnologik va kadrlar resurslari cheklangan kichik va o‘rta sanoat korxonalari uchun kam xarajatli raqamli-Lean
boshqaruv modeli taklif etilgan. Model operatsion ma’lumotlarni yig‘ish, KPIlarni hisoblash, og‘ishlarni aniqlash, muammo sabablarini
tahlil qilish, mos Lean vositasini tanlash va natijalarni qayta baholash jarayonlarini yagona boshqaruv siklida birlashtiradi. Tadqiqotda
tizimli va qiyosiy tahlil, jarayonli modellashtirish hamda keys-stadi usullaridan foydalanilgan. Model bosqichma-bosqich joriy etish,
standart ma’lumot shakllari, cheklangan KPIlar va belgilangan qoidalarga asoslangan tavsiyalar orqali ishlaydi. U amaldagi axborot
tizimlarini birdaniga almashtirishni talab qilmaydi. Ikki pilot korxonadagi sinov uskunalar samaradorligi, ta’mirlash va qayta sozlash vaqti
bo‘yicha ijobiy natijalarni ko‘rsatgan.