Ijtimoiy-gumanitar fanlar

PEARL BUCK ASARLARINING ADABIYOTDA TUTGAN O’RNI

Pearl S. Buck, jahon adabiyoti, Amerika adabiyoti, Xitoy adabiyoti, transmilliy adabiyot, Sharq va G‘arb, The Good Earth, ayol obrazi, onalik, madaniyatlararo muloqot, insonparvarlik

Mualliflar

  • Xurshida TOSHOVA O‘qituvchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Nobel mukofoti sovrindori Pearl S. Buck (1892–1973) ijodining jahon adabiyotidagi o‘rni, xususan, Sharq va G‘arb madaniyatlari o‘rtasidagi badiiy vositachilikdagi ahamiyati tahlil qilinadi. The Good Earth, East Wind: West Wind, The Mother, Pavilion of Women va Peony asarlarida Xitoy jamiyati, ayol va oila, onalik, patriarxal munosabatlar, madaniy ziddiyat hamda insonparvarlik masalalarining badiiy talqini yoritiladi. Shuningdek, Pearl Buck ijodining transmilliy va transmadaniy xususiyatlari ochib berilib, uning Amerika va Xitoy adabiy-madaniy makonlarini bog‘lovchi “sinxretik” ijodkor sifatidagi o‘rni asoslanadi.