Ijtimoiy-gumanitar fanlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING TIL KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA LINGVISTIK MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYASINING SAMARADORLIGI

Lingvistik modellashtirish, boshlang‘ich ta’lim, til kompetensiyasi, ona tili ta’limi, pedagogik tajriba-sinov, statistik tahlil.

Mualliflar

  • Zarnigor JURABAYEVA O‘qituvchi, Namangan davlat pedagogika instituti, Namangan, O‘zbekiston, Uzbekistan

Ushbu tadqiqot ona tili ta’limi jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til kompetensiyasini rivojlantirishda lingvistik modellashtirish
texnologiyasining samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda O‘zbekistonning to‘rt hududidan jalb qilingan 565 nafar
o‘quvchi ishtirokida kvazi-eksperimental tadqiqot tashkil etildi. Tajriba guruhida lingvistik modellashtirish texnologiyasi asosida ta'lim
olib borilgan bo‘lsa, nazorat guruhida an'anaviy o‘qitish usullari qo‘llanildi. Natijalar o‘quvchilarning kognitiv, operatsion, ijodiy va
refleksiv kompetensiyalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganini ko‘rsatdi. Tajriba guruhi natijalari nazorat guruhiga nisbatan 12,5
% yuqori bo‘lib, farqlar statistik jihatdan ishonchli ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari lingvistik modellashtirish texnologiyasi
grammatik bilimlarni chuqurlashtirish, mustaqil fikrlash hamda amaliy til ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita ekanligini
tasdiqlaydi.