Ijtimoiy-gumanitar fanlar

PEDAGOGLAR FAOLIYATIDA KOGNITIV YUKLAMALARNI KAMAYTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTGA (AI) ASOSLANGAN MICRO-LEARNING O‘QUV TEXNOLOGIYASINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Kognitiv yuklama, Sun’iy Intellekt (AI), micro-learning, mikro-ta’lim, pedagogik faoliyat, kasbiy toalish (burnout), ta’lim texnologiyalari, moslashuvchan ta’lim, adaptiv ta’lim, raqamli pedagogika.

Mualliflar

  • Sardor O‘RISHOV Mustaqil tadqiqotchi, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti,, Uzbekistan

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy faoliyatida yuzaga kelayotgan kognitiv
yuklamalar (intellectual and emotional overload) muammosi hamda ularni maqbullashtirish usullari tahliliy bayon etildi. Unda Sun’iy
Intellekt (AI) texnologiyalari va Micro-learning (mikro-ta’lim) konsepsiyasining integratsiyalashgan imkoniyatlariga alohida urg‘u berildi.
O‘qituvchilarning kasbiy kuyish yani (burnout syndrome), axborot ko‘pligi va vaqt yetishmovchiligidan kelib chiqadigan omillarni bartaraf
etishda sun’iy intellektga asoslangan platformalarning samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi. Tadqiqot natijalari AI va mikro-
ta’limning sinergetik samaradorligi pedagoglarning darsga tayyorgarlik vaqtini qisqartirish, metodik moslashuvchanlikni oshirish va ta’lim
sifatini kafolatlashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi.