Ijtimoiy-gumanitar fanlar

SPORT SOHASIDA DUAL TA’LIM TIZIMINI JORIY ETISHNING PEDAGOGIK-METODIK ASOSLARI

Dual ta’lim, sport ta’limi, sport faoliyati, kasbiy kompetensiya, amaliyot, murabbiylik, sport tashkiloti, sport federatsiyasi, oliy ta’lim, ish beruvchi, kompetensiyaviy yondashuv, mehnat bozori.

Mualliflar

  • Iskandar ALIYEV Falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan
  • Abdurashid KADIROV Katta o‘qituvchi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada sport sohasida dual ta’lim tizimini joriy etishning pedagogik, tashkiliy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi sport ta’limida nazariy bilimlarni real kasbiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, bitiruvchilarning amaliy kompetensiyalarini kuchaytirish, sport tashkilotlari ehtiyojiga mos mutaxassis tayyorlash va ta’limdan mehnat faoliyatiga o‘tish jarayonini takomillashtirish zarurati bilan izohlanadi. Maqolada “oliy ta’lim tashkiloti – sport tashkiloti – sport federatsiyasi/klubi – talaba” hamkorligiga asoslangan tashkiliy model, kompetensiyaviy yondashuv, amaliyot rahbarligi, monitoring va baholash mezonlari ishlab chiqiladi.