Ijtimoiy-gumanitar fanlar

OGAHIY TARJIMASIDAGI ASARLAR LEKSIKASINING MAVZUIY-SEMANTIK GURUHLARI (“GULISTON” VA “AXLOQI MUHSINIY” MISOLIDA)

Ogahiy, “Guliston”, “Axloqu-l-muhsiniyn”, leksika, mavzuiy guruh, semantik guruh, tarjima, o‘zbek adabiy tili, arabcha, forscha, axloqiy leksika, ijtimoiy leksika

Mualliflar

  • Alisher A.UBAYDULLAYEV, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning fors tilidan o‘zbek tiliga amalga oshirgan badiiy-didaktik tarjimalari — Sa’diy Sheroziyning “Guliston” va Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqu-l-muhsiniyn” asarlari leksikasi mavzuiy-semantik jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotda tarjima matnlaridagi leksik birliklar inson, jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, axloq-odob, diniy-ma’rifiy tushunchalar, hokimiyat va boshqaruv, kasb-kor, moddiy-ma’naviy qadriyatlar kabi guruhlarga ajratiladi. Ogahiyning tarjimonlik mahorati leksik tanlov, ma’noni milliy til vositalari orqali qayta ifodalash, arabcha-forscha o‘zlashmalarni o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilingan.