Ijtimoiy-gumanitar fanlar

YOSHLARNING PSIXOLOGIK BARQARORLIGIGA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARI TA’SIRINING EMPIRIK NATIJALARI VA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI

Sun’iy intellekt, yoshlar, psixologik barqarorlik, nazariy-metodologik asoslar, ijtimoiy-psixologik omillar, raqamli muhit, inson–sun’iy intellekt munosabati, psixologik bardoshlilik, stress va koping, raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash, o‘zinio‘zi boshqarish.

Mualliflar

  • Avazbek ISMOILOV Tayanch doktorant, Andijon davlat universiteti, Andijon, O‘zbekiston, Uzbekistan

Mazkur maqolada yoshlarning psixologik barqarorligiga sun’iy intellekt vositalari ta’sirini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinib, tadqiqotda psixologik barqarorlikning mazmuni va tarkibiy komponentlari, shaxs–faoliyat–ijtimoiy muhit o‘zaro ta’siri, raqamli muhitning psixologik xususiyatlari hamda inson–sun’iy intellekt o‘zaro munosabatining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari yoritiladi. Psixologik barqarorlikni tadqiq etishda madaniy-tarixiy, faoliyat, subyekt-faoliyat, stress va koping, psixologik bardoshlilik hamda resurs yondashuvlarining metodologik imkoniyatlari asoslab berilishi orqali sun’iy intellekt vositalaridan foydalanishning yoshlarning kognitiv, emotsional, motivatsion va ijtimoiy-psixologik holatlariga ehtimoliy ijobiy va salbiy ta’sirlarini kompleks o‘rganish zarurligi ko‘rsatiladi.