Ijtimoiy-gumanitar fanlar

XORIJIY DAVLATLAR VA O‘ZBEKISTONDA HARBIY OILALARNI IJTIMOIY-PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH INSTITUTLARI: QIYOSIY TAHLIL

harbiy oila instituti, ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash, rotatsiya, ta'lim uzluksizligi, turmush o‘rtoqlar bandligi, xalqaro tajriba, ijtimoiy moslashuv, mentorlik tizimi

Mualliflar

Mazkur maqolada AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Rossiya va O‘zbekiston Respublikasining harbiy oilalarni ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimlari hamda qonunchilik asoslari qiyosiy tahlil qilingan. Harbiy xizmatchilarning uzluksiz rotatsiyasi (ko‘chishi) sharoitida farzandlar ta'limidagi uzilishlarning oldini olish, turmush o‘rtoqlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy moslashuvni yengillashtirishga qaratilgan xalqaro ilg'or tajribalar (PEAP, Seamless Canada, DSM va boshqalar) o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida, xalqaro amaliyotning eng samarali modellarini milliy mudofaa tizimiga integratsiya qilish, xususan, harbiy oilalar uchun maxsus ta'limiy mentorlik va kasbiy qayta tayyorlash pedagogik mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.