UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASHQI MONITORING VA BAHOLASH JARAYONLARINING SHAFFOFLIGI: MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
##submission.downloads##
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan tashqi monitoring va baholash jarayonlarining xolisligi hamda
shaffofligi 2026-yil may–iyul oylarida respublikaning 14 ta hududidan 106 nafar ta’lim tizimi xodimi ishtirokida o‘tkazilgan
so‘rovnoma natijalari asosida tahlil qilingan. Respondentlarning 82,1 foizi jarayonni shaffof va xolis deb baholagani holda, 66,0
foizi natijalarni sun’iy oshirishning kamida bitta usuli tizimda mavjudligini qayd etgan. Shaffoflikka to‘sqinlik qiluvchi asosiy
omillar sifatida maktab reytingi pasayishidan xavotirlanish (50,0%), pedagoglarda shaffoflik madaniyatining yetarli
shakllanmaganligi (29,2%), ma’muriy bosim va baholashning to‘liq raqamlashtirilmaganligi (har biri 27,4%) aniqlangan.
Direktorning yuqori tashkilotlar bosimidan himoyalanish vakolati to‘liq mavjudligini atigi 7,5 foiz respondent tasdiqlagan.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-76-son Farmoni.
5. OECD. PISA 2025 Results (Volume I): Future-Ready Students. – Paris: OECD Publishing, 2026.
6. Abdiraimov Sh.S., Maxmudov A.Z., Tojiboyev R.S. Ta’limda baholash va monitoring asoslari: o‘quv-uslubiy qo‘llanma. –
Toshkent, 2025. – 210 b.
7. Qurbonov Sh.E., Seytxalilov E.A. Ta’lim sifatini boshqarish. – Toshkent: Turon-Iqbol, 2006. – 592 b.
8. Vaxobov M.M. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitish sifati monitoringi modelini takomillashtirish: ped. fan. dok. ... dis. –
Toshkent, 2007. – 260 b.
9. Ismailov A.A. Tayanch o‘rta ta’lim sifatini baholashni tashkil etish mexanizmini PISA xalqaro dasturi talablari asosida
takomillashtirish: ped. fan. bo‘yicha fals. dok. (PhD) ... dis. – Toshkent, 2022. – 146 b.
10. Abdullayev F.R. Maktabda ta’lim sifatini boshqarishda baholashning innovatsion usullarini joriy etish mexanizmini
takomillashtirish: ped. fan. bo‘yicha fals. dok. (PhD) ... dis. – Toshkent, 2023. – 137 b.
11. Abdullayev F.R. Monitoring ta’lim sifatini boshqarishning vositasi sifatida // Xalq ta’limi: muammolar, izlanishlar,
yechimlar. – Toshkent, 2022. – № 3. – B. 76–81.
12. Abdullayev F.R. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning amaliyotdagi holati tahlili // Tafakkur ziyosi.
– Jizzax, 2022. – № 3. – B. 212–216.
13. Xudoyberdiyev E.U. Umumta’lim muassasalarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmini takomillashtirish:
(PhD) ... dis. – Toshkent, 2025. – 247 b.
14. Грини В., Келлаган Т. Оценка образовательных достижений на национальном уровне. – М.: Логос, 2011. – 216 с.
15. Campbell D.T. Assessing the impact of planned social change // Evaluation and Program Planning. – 1979. – Vol. 2, No. 1.
– P. 67–90.
Mulkiiyat (c) 2026 «O‘zMU XABARLARI»

Ushbu ish quyidagi litsenziya asosida ruxsatlangan Kreativ Commons Attribution-NonCommercial-ShareAlike 4.0 International litsenziyasi asosida bu ish ruxsatlangan..




.jpg)

.png)




